Frilanser.uz

Muvaffaqiyatli frilanserga aylaning!

Upworkda yaxshi pul keltiradigan mutaxasislik tanlash (90% frilanserlar shunda xato qilishadi)

Noto’g’ri mutaxasislik tanlash – ish olishingizni anchayn qiyinlashtirishi, ko’proq pul ishlab topishingizga xalaqit berishi va mijozlar doim sizni rad etishiga sababchi bo’lishi mumkin. Shuning uchun to’g’ri mutaxasislik tanlash juda muhimdir. Agarda siz ko’p ish olishni va ishingiz uchun boshqalardan ko’proq to’lashlarini xohlasangiz maqolani erinmasdan oxirigacha o’qing!

Ko’pchilik yosh frilanserlar Upworkda mutaxasisligini emas, balki shunchaki kasbini yozib qo’yishadi. Masalan, shunchaki veb-dezayner (Web designer), veb-dasturchi (Web developer) yoki tarjimon ingliz tilidan o’zbek tiliga (English to Uzbek Translator). Bu esa noto’g’ri. Bunday xatoga ayniqsa ushbu holatda bo’lsangiz umuman yo’l qo’ymasligingiz kerak: Agarda siz hali birorta ham ish olmagan bo’lsangiz va profilingizda mijozlaringizdan siz haqingizda 4.5 yoki 5 yulduzli fikrlar qoldirilmagan bo’lsa.

Upworkda mutaxasislik tanlash (Upwork title)
Mutaxasislik (Your title)

Yaxshi foyda keltiradigan mutaxasislikni topish unchalik qiyin emas. Lekin yaxshisini topganingizdan keyin boshqalardan kamroq ishlaysiz va daromadingiz esa boshqalarnikidan ancha ko’proq bo’ladi (yoki hech bo’lmaganda faqat daromadingiz ancha ko’p bo’ladi). Shu bilan birga ish olishingiz ancha osonlashadi. Xo’sh o’zi qanday qilib yaxshi daromad keltiradigan mutaxasislikni topsa bo’ladi axir? Keling buni sizga sodda qilib tushuntirib beraman. E’tibor bering shifokorlik bu – kasb. Biz biror joyimiz og’risa shifokorga murojat qilamiz. Masalan, tishimiz og’risa lorga (quloq shifokori) murojat qilamiz, qulog’imiz og’risa urologga (buyrak bo’yicha shifokor) murojat qilamiz, buyragimiz og’risa stamatologga (tish shifokori) murojat qilamiz. Umuman qayerimiz o’g’risa qaysi shifokorga borsak ham davolayveradi, to’g’rimi? Yo’q, albatta. Tishimiz og’risa albatta stamatologga (tish shifokori), qulog’imiz og’risa lorga (quloq shifokoriga), buyragimizda muammo bo’lsa urologga (buyrak shifokori) murojat qilamiz. Nega? Ular hammasi shifokorku! Qaysi biriga borishning nima farqi bor? To’g’ri ular hammasi shifokor, lekin bir sabab bizni shunday qilishimizga undaydi. Chunki, bir shifokor tish bo’yicha ko’p narsa bilsa, boshqa biri quloq bo’yicha ko’proq biladi, yana boshqasi buyrak bo’yicha shunday. Ya’ni ularning kasbi shifokor, lekin ular bemorning faqat birgina dardini davolashga e’tiborlarini qaratishadi va shu yo’nalish bo’yicha mutaxasis bo’lishadi. Ular men butun tana a’zoyingizni davolayman deyishmaydi. Aslida ham buning imkoni yo’q, chunki inson bir sohani juda kuchli bilishi mumkin, lekin juda ko’p soha bo’yicha kuchli bilimga ega bo’la olmaydi.

Bu bilan nima demoqchiman? Maqola boshida ko’pchilik frilanserlar shunchaki kasbini yozib qo’yishadi degan edim. Bu degani mijoz mening tishim og’riyapti deyotgan bo’lsa o’z kasbini yozib quygan franlserlar u mijozga qarab men shifokorman deyotgandek gap. Mijoz esa hayron: “Sen qanday shifokorsan? Nimani davolaysan o’zi? Tish davolash bo’yicha tajriba va biliming bormi ?” deyishadi va shunchaki tish shifokorini topishadi va uni ishga olishadi. Masalan, bir mijoz qonunga oid hujjatni o’zbek tiliga tarjima qildirmoqchi. Unga ikki frilanser ishingizni men qilib beraman deb taklif kiritdi va birinchi frilanserning mutaxasisligi English to Uzbek translator (Ingliz-o’zbek tarjimon), ikkinchisiniki esa Legal English to Uzbek translator (Qonun hujjatlari bo’yicha ingliz-o’zbek tarjimon). Bu jangda, albatta, Legal English to Uzbek translator nomi frilanser yutib chiqadi, e’tibor bering birinchi frilanser – “Men shunchaki tarjimonman” deyapti, ikkinchisi esa – “Men tarjimonman va qunun hujjatlarini tarjima qilish bo’yicha mutaxasisman” deyapti. Chunki qonun hujjatlarida murakkab qununiy atamalar bo’lganligi uchun va u noto’g’ri tarjima qilinsa qonun boshqa ma’noni anglatib qolishi mumkin, shuning uchun ham oddiy tarjimon uni tarjima qilishi qiyin. Va albatta bunday holatda mutaxasislar oddiy kishilardan ko’proq haq oladilar.

Agar “Men shifokorman” deyishda davom etaversangiz mijozlardan quruq qolaverasiz (agarda 1% lik omadingiz chopib qolmasa), chunki mijozlarni ularning dardi bo’yicha haqiqiy mutaxasislar ilib ketishaveradi. Upworkdagi mijozlar ham xuddi bemorlarga o’xshashadi va ular o’z dardlarini sifatli davolay oladigan frilanserlarni ishga olishadi. Upworkda yaxshi pul topish va osongina ish olish uchun siz ham o’z kasbingizdan mijozlarning eng og’riqli nuqtalari bo’ladigan bir yo’nalishni toping va shu bo’yicha mutaxasisga aylaning.

Juda ko’p kasblar xuddi shifokorlikka o’xshab ma’lum soha (yo’nalishga) bo’linadi. Ba’zi kasblar esa ma’lum sohaga bo’linadi va bo’lingan ma’lum sohalar yana bir mayda sohalarga bo’linadi va o’sha mayda sohalar yanada mayda sohaga bo’linishi mumkin. Masalan, dasturchilik kasbi xuddi shunday. Quyidagi rasmda dasturchilik kasbi ma’lum yo’nalishlarga bo’linishi va o’sha yo’nalishlar yana boshqa yo’nalishlarga bo’linishi va yana bo’linishda davom etishini ko’rishingiz mumkin (3 ta nuqta yozilgan katakchalar ular yana mayda yo’nalishlarga bo’linishini anglatadi).

Dasturchilik yo’nalishlari

Ingliz tilida buni “Niching down”, ya’ni o’z kasbining eng oxirgi mayda yo’nalishiga kirib borish deyishadi. Aynan mana shu yerda ko’pincha mijozlarning eng og’riqli joylari bo’ladi. Yuqoridagi rasmda qizg’ish rang bilan bilgilangan kataklar mijozning og’riqli nuqtalari hisoblanadi.

Kasbingizning eng mayda sohalariga kirib boring va shu soha bo’yicha kuchli mutaxasisga aylaning. Shunda siz boshqa raqobatchilaringizdan ancha ustun bo’lasiz, chunki siz buni raqobatchilaringizdan ancha yaxshiroq qila olasiz.

One thought on “Upworkda yaxshi pul keltiradigan mutaxasislik tanlash (90% frilanserlar shunda xato qilishadi)

Leave a Reply

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Yulduzcha bilan belgilangan maydonlar to'ldirilishi shart!

Yuqoriga