Frilanser.uz

Muvaffaqiyatli frilanserga aylaning!

Upworkda hech qachon bu xatolarga yo’l qo’ymang, aks holda profilingiz butun umirga bloklanadi

Ko’pchilik frilanserlar Upworkni eng yaxshi frilans saytlardan biri deb o’ylashadi va men ham shundaylardan biri hisoblanaman. Shuningdek Upwork frilans saytlar ichida eng kattasi va eng ishonchlisi hisoblanadi. Statistikalarga ko’ra Upworkda 12 million frilanser va 5 million mijoz ro’yxatdan o’tgan, har yili umumiy holda 1 milliard dollarni tashkil qiladigan 3 millionta ish e’lon qilinadi. Albatta, eng ishonchli va eng katta bo’lish oson emas. Shuning uchun Upwork yuqori sifatni ta’minlash uchun frilanserlar uchun ma’lum qat’iy qonun-qoidalari o’rnatgan. Bu qonun-qoidalarni buzish Upwork bilan bir umirga xayrlashishingizga sababchi bo’lishi mumkin. Quyida ularni keltirib o’taman.

1. Upworkdan tashqarida haq olish

Upwork mijozning sizga qilgan har bir to’lovi uchun o’sha mijoz shu paytgacha sizga to’lagan umumiy pul miqdoriga qarab ish haqingizdan quyidagicha foizlar ushlab qoladi:

  • Mijoz shu paytgacha sizga to’lgan umumiy pul miqdori 500 dollarga yetmagan bo’lsa, mijozning sizga qilgan har bir to’lovi uchun Upwork sizning ishlagan pulingizdan 20% ulush oladi.
  • Mijoz shu paytgacha sizga to’lgan umumiy pul miqdori 500.01 va 10,000 dollar oralig’ida bo’lsa, mijozning sizga qilgan har bir to’lovi uchun Upwork sizning ishlagan pulingizdan 10% ulush oladi.
  • Mijoz shu paytgacha sizga to’lgan umumiy pul miqdori 10,000 dollardan ko’p bo’lsa, mijozning sizga qilgan har bir to’lovi uchun Upwork sizning ishlagan pulingizdan 5% ulush oladi.

Agar siz Upworkning ushbu to’lovlaridan qochmoqchi bo’lib, mijozni Upworkdan tashqarida to’lashga kundirmoqchi bo’lsangiz unda profilimdan ayrildim deb hisoblayvering.

2. Barcha ishga bir xil taklif yuborish (copy & paste proposals)

Upworkda har bir ish talablari va ta’riflari har xil bo’ladi. Ko’pchilik frilanserlar har bir ish uchun alohida “taklif” (propsal) yozib o’tirmasdan, vaqtdan yutish va erinchoqligi uchun, shunchaki bitta umumiy qilib o’zlarining “universal taklif” (copy & paste) larini tuzib chiqishadi va har bir ishga xuddi shu “taklif” larini yuborishadi. Bu esa Upwork qoidalariga zid. Mijzolar esa “universal taklif” larni yoqtirishmaydi va ko’pchiligi qaysi taklif alohida yozilgan, qaysi biri “universal taklif” ni shunchaki ko’chirib qo’yishganini juda yaxshi payqaydilar.

3. Ko’p ishga taklif yuborish va ularning birortasini ham qo’lga kirita olmaslik

Agarda siz ko’p ishga taklif yuborsangizu lekin birortasini ham qo’lga kirita olmasangiz, bu holatda ham sizning profilingiz bloklanishi mumkin. Chunki bu holat hamma uchun yomon – o’zingizga, Upworkka va mijozlarga. Quyida rasmda Upwork menejerlarning biri shu haqida aytgan gaplari keltirilgan

Sending many proposals but not getting hired

Shuning uchun yaxshi taklif yozish sirlarini avval yaxshilab o’rganib olganing o’zingizga yaxshi.

4. Mijozlardan siz haqingizda yomon fikrlar qoldirilsa (poor feedback from clients)

Ishngizning sifati va muloqat qobiliyatingizdan kelib chiqqan holda mijozlar profilingizda siz va ishni qanday bajarganligingiz haqida fikrlar qoldiradi. Siz haqingizda qoldirilgan fikrlarning ko’pchiligi salbiy bo’lsa, siz sifatli ish bajara olmasligingizni bildiradi. Sifatli ish bajara olmaydigan frilanser esa mijozlarga kerak emas, mijozlarning talablarini qondira olmagan frilanserlar esa Upworkka kerak emas. Shuning uchun bu holatda ham profilingiz bloklanishi mumkin. Shu sababli biror kasbni yaxshi bilmasangiz va yetarlicha tajribangiz bo’lmasa Upwork siz uchun emas.

5. Mijozlarni profilingizda siz haqingizda yomon fikrlar qoldirgani uchun haqoratlash

Albatta, mijozlarni haqoratlash hech qaysi holatda to’g’ri emas, xatto ular siz haqingizda yomon fikrlar qoldirgan bo’lsalar ham.

6. Agar Upworkda sizning 2 ta frilanserlik profilingiz bo’lsa

Upworkda ko’plab profillar ochish mumkin emas. Agarda shunday qilsangiz ular albatta sizni aniqlashadi va barcha profillaringizni bloklashadi.

7. Portfolio uchun mijozlarga tekinga ishlarini qilib berishni taklif qilish

Bu ham Upwork siyosatiga ziddir. Upworkda hech qachon tekinga ishlash mumkin emas. Xatto ish beruvchi sinov muddatiga ham sizga xaq to’lashi shart.

Umid qilamanki yuqorida yozganlarim sizning profilingizni bloklanib qolishdan saqlaydi va Upworkda doim muvaffaqiyatli frilanser bo’lishingizga yordam beradi.

Leave a Reply

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Yulduzcha bilan belgilangan maydonlar to'ldirilishi shart!

Yuqoriga