Frilanser.uz

Muvaffaqiyatli frilanserga aylaning!

Upwork profilingiz ko’rishlar soni siz ko’p imkoniyatdan quruq qolayotganingizdan darak berayotgan bo’lishi mumkin (profile views)

Agarda siz ajoyib profilga ega bo’lsangiz Upworkda ish qidirib ish beruvchilarga takliflar (proposals) yuborishingizga deyarli hojat qolmaydi. Chunki ish beruvchilar sizni qidirib topishadi va sizga ish taklif qilishadi. Sizning vazifangiz esa ular orasidan sizga ma’qul kelgan ishni tanlab olish bo’ladi xalos. Profilingiz qanchalik zo’rligini sizning profil ko’rishlar soni belgilab berishi mumkin. Keling profil ko’rishlar soni nima ekanligini avval yaxshilab tushunib olamiz.

Upworkda mijozlar 2 turdagi ish e’lonidan foydalanishi mumkin: ochiq (public jobs) va yopiq (private jobs). Ochiq ishlar bu – siz ish lentasida ko’rishingiz va taklif yuborishingiz mumkin bo’lgan ishlardir.

Ochiq ishlar (public jobs)

Yopiq ishlar esa ish lentasida ko’rinmaydi va frilanserlar unga taklif yoza olishmaydi. Bunday ishlarga faqatgina mijoz taklif qilgan frilanserlar taklif yubora olishi mumkin va ko’pincha bunday ishlar uchun yaxshigina haq to’lashadi. Yopiq ish joylashtirishdan maqsad, mijozlar o’zlari o’zlariga maqul kelgan frilanserlarni qidirib topish. O’zlari frilanserlarni qidirib topishga turli sabablar bo’lishi mumkin: mijozning avvalgi ishiga taklif yuborgan frilanserlardan ko’ngli to’lmagan bo’lishi va shuning uchun bu safar yaxshilarini o’zi topmoqchi bo’lishi mumkin; faqat ma’lum til yoki joylashuvga ko’ra frilanserni ishga taklif qilmoqchi bo’lishi mumkin; faqat expert darajadagi frilanserlarni topmoqchi bo’lishi mumkin; va hakozolar. Bundan tashqari ochiq ish e’lon qilgan ish beruvchilar ham taklif yuborgan frilanserlardan ko’ngli to’lmaganida o’zlari yaxshiroqlarini qidirishga harakat qilishadi. Har ikkila holatda ham mijozlar frilanserlarni qidirishganida va qidiruv natijalarida sizning profilingiz chiqsa va mijozlar profilingizni ochib ko’rsalar sizning profilingiz ko’rishlar soni oshadi, ya’ni har bir mijozning sizning profilingizni ochib ko’rishi 1 ta profil ko’rishiga teng.

Profil ko’rishlar soni

Mana endi profilingiz ko’rishlar soni nimalarni anglatishini ko’rib chiqamiz. Albatta profil ko’rishlar soni turli xil faktorlarga bog’liq va profil ko’rishlar soni nega oz yoki ko’pligini 100% aniq aytib berish qiyin. Bundan tashqari Upworkning murakkab algoritimi qidiruv tizimida aynan qaysi va qanday frilanserlarni ko’rsatishga qaror qilganligini aytish juda ham qiyin. Shunga qaramay oddatiy sabablarga ko’ra ular nimani anglatishini tushuntirishga harakat qilaman.

#1 Agar profilingiz ko’rishlar soni har hafta 10 ta ko’rishlardan oshmayotgan bo’lsa va siz ishga takliflar (job invitations) kelmayotgan bo’lsa

Bu quyidagilardan darak beradi:

  • Siz mutaxasislikni to’g’ri tanlamagansiz ( “Qanday qilib yaxshi daromad keltiradigan mutaxasislik tanlash” maqolamni o’qib chiqing)
  • Sizning Muvaffaqiyatli Ish Ko’rsatkichingiz (Job Success Score) 70% dan past
  • Sizning profilingiz mutaxasisligingizga mos keluvchi kalit so’zlari (keywords) bilan to’ldirilmagan.
  • Sizning umumiy ishlab topgan pulingiz 1,000 dollardan oz
  • Sizda Yuqori Malakali (Top Rated) nishoni yo’q

#2 Agar profilingiz ko’rishlari soni har hafta 10 dan oshayotgan bo’lsa, lekin siz ishga takliflar (job invitations) kelmayotgan bo’lsa

Bu quyidagilardan darak beradi:

  • Siz biografiyangizni (Profile bio or Profile cover letter) yaxshi yozmagansiz
  • Sizning profilingizda ishonch va professionallikni ko’rsatib bera olmagansiz
  • Sizning biografiyangizda mijozning keyingi harakatga undovchi so’zlar yo’q.
  • Sizda ajoyib portfoliolar yo’q

Shuningdek ish olayotganingizda ham profilingiz muhim rol o’ynaydi. Masalan, biror ishga taklif yuborganingizda va yaxshi taklif yozib mijozning e’tiborini torta olgan taqdiringizda, mijoz albatta avval profilingizni qarab ko’radi. U sizning biografiyangizni o’qib ko’radi, siz haqingizda qoldirilgan mijozlar fikrlarini o’qib ko’radi, portfoliongizni ko’zdan kechiradi.

Shunday qilib profilingizdagi har bir kichik faktorlar ham muvaffaqiyatingizga sabab bo’lishi mumkin. Shunday ekan profilingizni diqqat bilan to’ldirishga harakat qiling. Agar siz shunda ham ajoyib profil yarata olmayotgan bo’lsangiz “Qanday qilib mijoslarni o’ziga jalb qiluvchi profil yaratish ( How to create a profile that attracts clients)” kursiga yoziling va profilingiz boshqa raqobatchilaringiznikidan ajralib turishi va ko’proq mijozlarni o’ziga jalb qilishiga yordam beruvchi sirlarni kashf qiling!

Leave a Reply

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Yulduzcha bilan belgilangan maydonlar to'ldirilishi shart!

Yuqoriga