Frilanser.uz

Muvaffaqiyatli frilanserga aylaning!

Interviyuda haqiqatdan ish beradigan bir usul (barcha frilans platformalar uchun)

Interviyularni tezda o’z foydangizga hal qilib, ishga ega chiqishni xohlaysizmi? Agar shunday bo’lsa, bu maqola aynan siz uchun. Sizlarga juda oddiy, ammo juda kuchli bir usulni o’rgatmoqchiman. Bu usul yordamida siz interviyularni qisqa vaqt ichida o’z foydangizga hal qilishingiz va ishga ega chiqishingiz mumkin.

Bu usul mijozga psixologik jihatdan ta’sir qiladi va uni sizni yollashga (hire) undaydi, ammo mijoz siz uni yollashga undayotganingizni sezmaydi ham. Ko’pchilik frilanserlar interviyu davomida yo’l quyadigan xato bu – mijozni sizni yollashga undash yoki undamaslikdir. Ya’ni ko’pchilik frilanserlar ochiqdan-ochiq mijozni uni yollashiga undaydi yoki interviyu davomida mijozni yollashga umuman undamaydi. Ochiqdan ochiq mijozni sizni yollashga undash mijozga salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki Telegram kanalimda berib boradigan maslahatlarimdan birida aytganimdek “Odamlar sotib olishni yaxshi ko’rishadi, ularga sotishlarini emas“.

Bozorlarda ba’zi sotuvchilar o’z mahsulotini sotib olishni so’rab sizga yopishib oladi, shunday holat sizda bo’lganmi, bu xuddi o’sha holatga o’xshaydi – yoqimsiz va jahlni chiqaradi. Qachonki siz mijozdan sizni ochiqdan-ochiq yollashga undasangiz siz ham bozorlardagi yopishib oladigan savdogarlarga o’xshab qolasiz. Buni ingliz tilida Hard Selling deyishadi. Shuningdek, professional sifatida siz mijozlarni yo’naltirishingiz kerak, interviyu davomida mijozni yollashga umuman undamaslikni nazarda tutayapman. Siz biror yo’nalish bo’yicha mutaxasis bo’lganingiz uchun mijozlar sizga profissional sifatida qarashadi va ko’pincha odamlar profissionallar so’zlariga amal qilishga moyil bo’lishadi. Agar interviyu davomida mijozni hech narsaga yo’naltirmasangiz (sizni yollashiga yo’naltirmasangiz) interviyu suhbati ham hech qayerga yo’nalmaydi. Oxir oqibatda ishni boshqa profissional ilib ketadi.

Nihoyat o’sha sehrli usulga yetib keldik. Bu usul 2 bosqichdan iborat:

1 – bosqich. Interviyuda mijoz bilan loyihani (ishni) batafsil muhakama qilib, unda loyihani sifatli bajara olishingizga ishonch paydo qilganingizdan so’ng unday darhol so’rang:

Are you ready to get started, or are you still looking around at other freelancers?” (Siz men bilan ishlashga tayyormisiz yoki yana boshqa frilanserlarni qidirayapsizmi?).

Bu savol mohiyati juda oddiy: Agar ular yana boshqa frilanserlarni qidirishayotgan bo’lsa (boshqalari bilan ham gaplashib chiqishni xohlashayotgan bo’lsa), ularni hozir sizni yollashga undashingiz foydasiz. Chunki ular hali yollashga tayyor emas va siz ham bu borada vaqtingizni behuda sarflashning oldini olasiz. Ammo, barcha kuch bu savolning psixologik jihatida. Agar interviyu yaxshi kechgan (ya’ni loyiha muhokamasi yaxshi o’tgan va sizga bo’lgan ishonch paydo bo’lgan) bo’lsa , 99% holatda mijozlar bu savolga duch kelganidan so’ng, ular hoziroq siz bilan ishlashga tayyor ekanligini aytishadi.

2 – bosqich. Agar ular hoziroq siz bilan ishlashga tayyor ekanliklarini aytishsa, ularga quyidagiga o’xshash so’z ayting:

Great! I’m excited to work on this with you. Can you please go ahead and hire me on Upwork right now , so that I can go ahead and make sure it comes through and accept the offer right away? That way we will be all set and ready to move forward.

Tamom! Siz ishga ega bo’ldingiz! (Bu yerda “Hire me” so’zi hard selling ma’nosida emas, balki ko’rsatma ma’nosida, ya’ni mijoz siz bilan ishlashga tayyor va unga nima qilish kerakligini tushuntirayapsiz).

Interviyu ish olishning muhim jarayonlaridan biri bo’lib, u ish olishingizdagi muvaffaqiyatli bosib o’tilishi kerak bo’ladigan yo’llardan biridir. Bu oddiy, ammo kuchli usul sizni interviyularni qisqa muddat ichida o’z foydangizga hal qilishingizga yordam beradi. Shuningdek Qanday qilib intervyuda g’olib chiqish ( How to win at interview) kursimda interviyularni o’z foydangizga hal qilib ishga ega bo’lish uchun yana boshqa kuchli usullarni o’rganishingiz mumkin. Agar maqola sizga foydali bo’lgan bo’lsa, uni boshqa frilanserlar bilan ham ulashishni unutmang!

Leave a Reply

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Yulduzcha bilan belgilangan maydonlar to'ldirilishi shart!

Yuqoriga