Frilanser.uz

Muvaffaqiyatli frilanserga aylaning!

Frilanser kim? U nima ish qiladi?

Zamon rivojlangani sari hayotimizda ham ko’p narsalar o’zgarib bormoqda. Texnologiyalar hayotimizning ko’p jabhalarini o’zgartirib yubormoqda. Albatta, bu ishlash tarzimizga ham ko’p o’zgarishlar olib kelmoqda. Masalan, ilgari faqat ishchi yoki xodim degan atamalar bo’lgan bo’lsa, hozir ishchi yoki xodimga sinonim bo’lgan yangi “frilanser” degan atama paydo bo’lgan. Xo’sh frilanser kim? U nima ish qiladi? Frilanser yuqorida aytganimdek ishchi yoki xodim so’zlariga sinonim, ya’ni u ham ishchi yoki xodim degani, faqat bitta farqi frilanser (ishchilar/xodimlar) ish joylarida yoki ofisda emas, balki internet orqali masafodan turib ishlaydilar. Frilanserlikning yana bir avfzalligi shundaki siz nafaqat o’z mamlakatingizdagilar uchun, balki boshqa davlatlardagi kishilar uchun ishlashingiz mumkin. Umuman olganda sizga qaysi mamlakat kishilari (ko’pincha Amerika va Yevropa davlatlari) ko’proq pul to’lashsa o’sha mamlakat kishilari uchun ishlashingiz mumkin. Masalan, Upwork.com Frilancer.com Fiverr.com saytlarida ish beruvchilar ko’proq Yevropa va Amerika davlatlaridan bo’lishsa, Fl.ru, Kwork.ru saytlarda ko’pincha Osiyo davlatlarida yashovchi kishilar ish berishadi. Bunda muammo bo’ladigan yagona narsa bu xorijiy tillarni bilishdir. Siz kimlar uchun ishlashni xohlaganingizga qarab ingliz, rus yoki boshqa xorijiy tillarni bilishingiz kerak bo’ladi. O’zingizga kerakli xorijiy tilni qancha yaxshi bilsangiz ish olishingizga shuncha yengillik bo’ladi.

Ko’pchilik kishilardan siz nima ish qilasiz deb so’raganingizda men frilanserman deb javob beradi. Bu xuddi, men ishchiman yoki xodimman deb javob bergandek gap. Yo’q frilanser kasb emas, uni ishchi yoki xodimning “zamonaviy maqomi” desak balki to’g’ri bo’lar. Frilanserlar xodimlar kabi turli kasb egalari bo’lishi mumkin. Masalan: buxgalter, dasturchi, dezayner, tarjiman, video mantajchi, ovoz yozuvchi, marketolog, arxetektor va hakozolar. Faqatgina ular masofadan turib ishlaydilar.

Frilanserlar o’zlariga ishni ham uyida o’tirib topib ketaveradi. Hozirda juda ham ko’p frilanser birja saytlar bor va yildan yilga ko’paymoqda. Frilanser birja saytlar bu – ish beruvchi va ishchilarni (frilanserlarni) bir-biri bilan bog’lanishiga yordam beruvchi saytlardir. Bunday saytlarda ish beruvchilar frilanserlarni qidirishadi, frilanserlar esa o’zlariga ish qidiradilar. Bunday saytlarga upwork.com, fiverr.com, freelancer.com, peopleperhour.com saytlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.

2 thoughts on “Frilanser kim? U nima ish qiladi?

Leave a Reply

Email manzilingiz hech kimga ko'rsatilmaydi. Yulduzcha bilan belgilangan maydonlar to'ldirilishi shart!

Yuqoriga